
Riberi "Monako"ga o‘tishni xohlamayapti, Klopp uni "Liverpul"ga taklif qilishi mumkin
O‘tgan mavsum so‘nggida “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlangan Frank Riberi "Monako"dan bo‘lgan taklifni rad etdi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda Riberi “Liverpul”ga o‘tishi mumkin. Agar mersisaydliklar safini birorta hujumchi tark etsa, bosh murabbiyi Yurgen Klopp 36 yoshli frantsuzni tarkibga jalb etishi mumkin. Biroq, APL grandi hozircha Riberi masalasini jiddiy muhokama qilmayapti.
Ma’lumot uchun, Riberi o‘tgan mavsum “Bavariya” safida 38ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Riberi ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar