"Red Bull" Perez bilan shartnomani uzaytirdi
"Red Bull" Serxio Perez bilan amaldagi shartnomani 2026 yilgacha uzaytirdi. Bu yil meksikalik poygachi mavsumni yomon o‘tkazayotgan bo‘lsa ham, "qizil buqalar" unga ishonch bildirdi.
Agarda, Serxio 2026 yilgacha Maks Verstappen bilan barcha Grand-Prilarda ishtirok etsa, eng uzoq muddatli jamoadoshlik bo‘yicha rekord o‘rnatishadi. Umumiy hisobda 138 ta poygani birgalikda o‘tkazishlari mumkin. Hozirda rekord 2000 yildan 2005 yilgacha jamoadosh bo‘lgan Mixael Shumaxer va Ruben Barichellaga tegishli. Ular "Ferrari"da 104 ta Grand-Pri o‘tkazishgan.
Perez bu mavsum chempionatda 107 ochko bilan 5 o‘rinni band etib turibdi.



Fikrlar