"Real"ning sobiq yulduzi: Ronaldu futbol o‘ynashni bilmaydi
Italiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Antonio Kassano "qirollik klubi"ning sobiq yulduz hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid qildi. Mutaxassisning fikricha, Ronaldu jamoaviy harakat qila olmaydi va futbol o‘ynashni bilmaydi.
“U futbol o‘ynashni bilmaydi. Ronaldu men uchun 3000 ta gol urishi mumkin. Iguain, Aguero, Benzema, Levandovski, Ibragimovich va Suares jamoa bilan qanday munosabatda bo‘lishni bilishardi. Ular Ronaldudan farqli o‘laroq, ko‘p ish qilishni bilishardi. Krishtianuning maqsadi har doim gol urish bo‘lgan", - dedi Kassano Daily Mail nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr"da to‘p surayotgan Ronaldu yaqinda faoliyatidagi gollari sonini 900 tadan oshirib olgan edi.



Fikrlar