
"Real"ning sobiq futbolchisi "qirollik klubi"da irqchilikka duch kelganini aytdi
“Real” Madrid klubi sobiq futbolchisi Freddi Rinkon “qirollik klubi”dagi faoliyati davomida irqchilikka duch kelganini aytdi.
Kolumbiyalik futbolchi 1995-1996 yillarda madridliklar safida to‘p surgan.
“Menga terimning oqligi etishmasdi. Men kundalik hayotda har doim ham irqchilikka duch keldim deb aytolmayman, lekin klubda ha. Xorxe Valdanoning holati qiyin edi, chunki futbolchilar unga juda ko‘p bosim o‘tkazishardi. Jamoada xudbin va mag‘rur futbolchilar ko‘p edi. Ammo, bu klubni dunyoning eng zo‘r jamoasiga aylantiradi. Men jamoadoshlarim bilan yaxshi gaplashardim va u erda ajoyib do‘stlar orttirdim”, - deydi Rinkon.
Fikrlar