"Real"ning "motorlari" safga qaytdi!

  • 6 yanvar, 2022, 20:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Ispaniya kubogi 1/16 final bosqichi doirasida “Alkoyano” ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan “Real” bugundan chempionatning 20-turidan o‘rin olgan “Valensiya”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshladi.

Tecno

Bugungi mashg‘ulotlarda jamoaning birdaniga to‘rtta asosiy tarkib o‘yinchisi umumiy guruhga qaytdi. Bular: koronavirusga chalingan Vinisius Junior va engil jarohat olgan Karim Benzema, shuningdek, Luka Modrich va Ferlan Mendi.

Oldinroq “qirollik klubi” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ushbu futbolchilar 8 yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Valensiya" bilan o‘yinga tayyor bo‘lishlarini tasdiqlagandi. Uchrashuv 01:00 (Toshkent vaqti bilan)da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ayni damda Garet Beyl, Mariano va Dani Karvaxal "qaymoqranglilar" lazaretida qolmoqda. Ular taxminlarga ko‘ra, 12 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida doirasida bo‘lib o‘tadigan "Barselona"ga qarshi o‘yingacha safga qaytishi kutilmoqda. Luka Yovichda esa hamon koronavirus testi musbat chiqmoqda va shu sababli u karantinda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!