“Real”ning ikki yulduzini birdan oladigan jamoa topildi

  • 27 iyun, 2024, 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning ikki futbolchisi – braziliyalik Rodrigo va turkiyalik Arda Gyulerga yaxshi xaridor chiqdi.

Tecno

Estadio Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, liverpulliklar bu ikki o‘yinchini yozgi transferlar davomida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Kelasi mavsumda bu futbolchilarning asosiy tarkibga kirishi qiyin bo‘ladi. 23 yoshli Rodrigo o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun “Real”ga yangi qo‘shilgan Kilian Mbappe bilan raqobatlashishi talab etiladi.

19 yoshli Arda Gyuler esa, yakunlangan mavsumda etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Yangi chempionatda ham yosh futbolchi “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich bilan raqobatga kirishishi kerak.

“Liverpul” vaziyatdan foydalanib, har ikki o‘yinchi bilan hamkorlik o‘rnatishga urinib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!