“Real”ning golli seriyasi to‘xtadi

  • 2 fevral, 07:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 22-turida amaldagi chempion “Real” Barselona shahridan quruq qaytdi. Madridliklar “Espanol” jamoasi mehmoni bo‘lib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Autsayder jamoaga musobaqa peshqadami ustidan g‘alaba keltirgan yagona gol Karlos Romero hisobiga yozildi. Bellashuvda Vinisius Junior tomonidan kiritilgan to‘p inobatga olinmadi.

Shu tariqa, Karlo Anchelotti shogirdlarining safar uchrashuvlaridagi golli seriyasi barham topdi. Madridliklar bungacha ketma-ket 31 ta uchrashuv mezbon jamoalar darvozasini ishg‘ol qilib kelayotgan edi.

“Real”ning safar uchrashuvlarda uzluksiz gol urish bo‘yicha rekord 35 ta o‘yinni tashkil qiladi. “Qirollik klubi” futbolchilari 2016 yilning yanvaridan 2017 yilning oktyabriga qadar raqib maydonidagi 35 ta o‘yinda hech bo‘lmaganda bitta gol urib kelgan.  

Bundan tashqari, “Real” joriy mavsumda uchinchi mag‘lubiyatini tan oldi. O‘tgan yili jamoa chempionat davomida faqat bir marotaba imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!