
"Real"ning 10 nafar futbolchisi ushbu sovrinni ilk bor qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, kecha “Real” Madridda “Vilyarreal” ustidan g‘alaba qozondi va o‘z tarixida 34-marta Ispaniya chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, “Qirollik klubi” safidagi 10 nafar futbolchi ushbu sovrinni faoliyatida birinchi marta qo‘lga kiritdi.
Bular Eden Azar, Vinisius Junior, Ferlan Mendi, Alfons Areolya, Federiko Valverde, Luka Yovich, Braim Dias, Alvaro Odriosola, Eder Militao va Rodrigo Goesdir.
Fikrlar