“Real”ni yana bir afsona tark etishi mumkin

  • 8 iyul, 2022, 13:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya matbuoti “Real” himoyachisi Nacho Fernandesh “qirollik klubi”ni tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi. Futbolchi Ryudigerning madridliklar bilan shartnoma imzolashi, shuningdek, takribda Alaba va Militaoning borligi o‘ziga etarlicha o‘yin amaliyoti berilmasligi mumkin deb hisoblamoqda.

Tecno

"Roma" ustozi Joze Mourino Nachoni Rim klubiga taklif qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, futbolchiga "Sevilya" va "Napoli" jamoalari ham qiziqish bildirgan.

Nachoning “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. “Real” futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, ammo fulbek yangi bitim borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

 Himoyachi o‘tgan mavsum “Real”ning Ispaniya La Ligasi doirasidagi 28 uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 golni yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!