"Real"eng sodiq futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi

  • 22 yanvar, 2023, 10:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" rahbariyati uzoq yillardan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan Nacho bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Tecno

Tajribali himoyachining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘ngida nihoyasiga etadi. Klubdagilar uning Madridda qolishini istaydi, tomonlar 1 yillik bitim bo‘yicha kelishuvga erishgan.

O‘z navbatida, ispaniyalik futbolchi ham "qirollik klubi"ni tark etishni istamayapti. U faoliyatini shu erda yakunlashni xohlaydi. Avvalroq, unga bir nechta jamoadan qiziqish borligi taxmin qilinyotgandi.

33 yoshli Nacho "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida boshqa klubda o‘ynamagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!