“Real”da o‘ynagan yulduz “el-klasiko”da Flikning xatosini ko‘rsatib berdi

  • 29 oktabr, 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning sobiq futbolchisi Toni Kroos Ispaniya chempionatining o‘ninchi turidan o‘rin olgan “el-klasiko”da “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik tarkib tanlashda xatoga yo‘l qo‘yganini aytdi.

Tecno

Ma’lumki, “Santyago Bernabeu" arenasi mezbonlik qilgan uchrashuvda madridliklar ashaddiy raqibni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa jadvalida kataloniyaliklardan besh ochkoga o‘zib ketdi.

- Men “Barselona”ning himoya markazida nega Erik Garsiya o‘ynaganini tushunganim yo‘q. Balki futbol nuqtai nazaridan u jamoadoshi Ronald Arauxodan yaxshiroq. Lekin Arauxo jismonan baquvvat o‘yinchi va yuqori himoyalanayotgan paytda raqib bilan kurashishda bu katta ahamiyat kasb etadi. Bu uslubdagi o‘yinga va “Real”dek raqibga qarshi to‘qnashuvga Arauxo ideal darajada mos keladi.   

“Barselona”ga Vinisius va Mbappe tezlashganda ularga qarshi tura oladigan himoyachi kerak edi. Buni faqat Arauxo uddalay olardi. Boshlang‘ich tarkibda uning yo‘qligi meni juda ajablantirdi, - dedi Toni Kroos.

Eslatib o‘tamiz, Xans-Diter Flik avvalgi turda qizil kartochka olgani bois, “el-klasiko”da jamoasini masofadan boshqardi. Zaxira o‘rindig‘ida uning o‘rnini “Barselona” yordamchi murabbiyi Markus Zorg egalladi.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!