“Real” yulduzi kutilmaganda“ketaman”ga tushib qoldi

  • 7 avgust, 2024, 09:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritganidan jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

Dunyoning eng qimmat o‘yinchisi va madridliklar tarkibida eng katta maosh oladigan Mbappe zaxirada o‘tirmasligi aniq. O‘tgan mavsumda asosiy tarkibda o‘ynagan qaysidir hujumkor futbolchi o‘z o‘rnini frantsiyalik to‘purarga bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keladi.

Ana shu ma’noda, braziliyaliik legioner Rodrigo Goes “Real”dagi istiqbolini qayta ko‘rib chiqadigan bo‘ldi.

Rodrigo xali Mbappe tarkibga qo‘shilmay turib, mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘yin vaqti qisqarganini bilan bog‘liq muammoga duch keldi.

Bosh murabbiy Karlo Anchelotti 23 yoshli hujumchi jamoaning ajralmas bo‘lagi ekanini ta’kidlamoqda. Lekin Rodrigo baribir kelajagini o‘ylab ko‘rishi kerak.

Mutaxassislar braziliyalik hujumkor futbolchi bu yoz bo‘lmasa-da, keyingisida boshqa klubga o‘tishining ehtimoli katta ekanini ta’kidlamoqda.

Rodrigo “Real”ga kelganidan beri jami 216 ta uchrashuvda ishtirok etib, 54 ta gol va 41 ta assist muallifi bo‘lgan. Transfermarkt portali bu o‘yinchining narxini 110 million evroga baholamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!