“Real” yoki “Yuve”? Pogba o‘ziga jamoa tanladi

  • 12 aprel, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”dan ketishi kutilayotgan Pol Pogba yangi jamoaga o‘tish uchun moliyaviy talablarini pasaytirishga roziligini bildirdi.

Tecno

Frantsiyalik yarim himoyachi anchadan beri bir qarorga kela olmayotgan edi. Uning oldida asosan uchta variant bor. Pogba faoliyatini Manchesterda davom ettirishi mumkin yoki unga xaridor bo‘layotgan “Real” va “Yuventus”dan birini tanlashi kerak.

Mavsum o‘z nihoyasiga yaqinlashayotgani bois Pogba ham qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keldi. Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklarning yulduzi “Yuventus”ga qaytishni ma’qul ko‘rgan. O‘z maqsadi yo‘lida Pol “Manchester Yunayted” taklif qilayotgan oshirilgan maosh ko‘rsatilgan yangi shartnomadan voz kechishga tayyor.

Pogba joriy mavsumda 32 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol urdi va to‘rtta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!