“Real” Yaxshiboevni kutyaptimi?

  • 24 noyabr, 2021, 21:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida Moldova chempioni “Sherif” o‘z maydonida “Real” futbolchilarini qabul qiladi. Bu jamoalarning “Santyago Bernabeu”da o‘tkazilgan birinchi o‘zaro to‘qnashuvida tiraspolliklar sensatsion tarzda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Tecno

O‘sha uchrashuvdagi birinchi golni Jasur Yaxshiboev urgan va o‘z nomini futbol tarixiga yozdirib qo‘ygandi. Afsuski, Madriddagi bellashuv davomida shikastlangan legionerimiz hali ham jarohatidan to‘liq qutilgani yo‘q va javob o‘yini oldidan o‘zbek futbolchisining “Real”ga qarshi ikkinchi marta o‘ynash imkoniyati ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

20689032_680_291_2155_1121_1920x0_80_0_0_4c573959e4101e2c00271775fe210598

E’tiboringizga “Sherif” bosh murabbiy Yuriy Vernidubning o‘yin oldidan o‘tkazilgan rasmiy matbuot anjumanidagi fikr-mulohazalarini havola etamiz.

- Jamoamiz muhim uchrashuvga har tomonlama puxta tayyorlanishga harakat qildi. Bahs keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tadi. Milliy chempionatdagi oxirgi uchrashuvimiz autsayder “Floresht”ga qarshi bo‘ldi. Aytishim mumkinki, bu bizning eng yaxshi o‘ynimiz emasdi.

Asosiy maqsadimiz o‘z milliy terma jamoalariga ketgan futbolchilarning ortga jarohatsiz qaytishi edi. Afsuski, ayrim yo‘qotishlar bor, shunga qaramay, “Real”ga qarshi to‘qnashuvga tayyormiz. Maydonga bugungi kunda eng kuchli futbolchilarimiz tushadi. Hammasini o‘yin hal qiladi. “Real”dek jamoaga qarshilik ko‘rsata olamizmi yoki yo‘q buni bellashuvdan keyin bilib olamiz.

“Sherif” Chempionlar ligasi guruh bosqichida ushbu musobaqada o‘z o‘rni borligini yuz foiz ko‘rsata oldi. Tiraspol kichik shahar va uning jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichida o‘ynayotganining o‘zi katta yutuq. Biz “Real” va uning yulduzlarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Men buni bir umr qalbimda saqlayman.

Bu kabi uchrashuvlar shogirdlarimga o‘z faoliyatini rivojlantirish va kelajakda Evropaning yanada saviyasi yuqori jamoalarida o‘ynashi uchun yaxshi imkoniyatdir.

Umid qilamanki, jarohat olganlar oyoqqa turib, lazaretimiz bo‘shab qoladi. Jasur Yaxshiboev haqida so‘rashdi. Yaxshiboev, uchrashuv qaydnomasiga kiritiladi. Bahsning dastlabki daqiqalaridan bo‘lmasa-da, zaxiradan o‘yinga qo‘shilishga tayyorlanyapti, - dedi Yuriy Vernidub.

294a4b

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Biz uzoq yo‘l bosib keldik, lekin hech qanday muammoga duch kelganimiz yo‘q. Yaxshi mehmonxonaga joylashdik. Meni stadion hayratga soldi. Haqiqatan, u yangi va yaxshi arena ekan. Futbol olamidagilar hamma narsaga moslashishni uddalaydi.

“Real” murabbiyi bo‘lish qiyin emas. Avtopoygada qatnashish uchun Fiat 500dan Ferrari yaxshiroq. Hamma murabbiy ham bosimga duch keladi. Bu ishimizning bir qismi. Dunyoning eng buyuk klubini shug‘ullantirish bu mas’uliyat.

Bu o‘yin menga “Santyago Bernabeu”dagi muvaffaqiyatsiz tajribamizni eslatmoqda. Uchrashuvning ilk daqiqalaridan Militao va Rodrigoning maydonga tushish imkoniyati yo‘qligidan tashqari hech qanday rotatsiya bo‘lmaydi. Har qanday vaziyat va voqealar rivojini inobatga olishimiz kerak. Chunki, mavsumdagi kamsonli mag‘lubiyatlardan birini aynan “Sherif”dan qabul qilib oldik, - dedi Karlo Anchelotti.

20210928_zaa_a181_104

“Sherif” – “Real” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan tungi 01:00 da boshlanadi. 

Mourino eng past baholangan Shomurodov haqida nima dedi?

“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!