“Real” yangicha chempionatga Ronaldu va yana to‘rt yulduzni olib keladi, etti o‘yinchiga javob beradi

  • 28 mart, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

FIFA klublar uchun yangi formatdagi jahon chempionatini tashkil qilyapti. Bu musobaqada qatnashadigan klublarga 1-10 iyun kunlari o‘z tarkiblariga olti nafargacha yangi o‘yinchi qo‘shib olish uchun imkoniyat beriladi.

Bir necha manbalar, xususan Eldesmarque, Defensa Central va Fichajes kabi nashrlarning ma’lum qilishicha, “Real” musobaqa oldidan beshta katta transferni amalga oshirishni rejalashtiryapti.

Birinchi navbatda, madridliklar “An-Nasr” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Krishtianu Ronalduni taklif etmoqchi. Madridliklar hech bo‘lmaganda, 40 yoshli yulduzni musobaqa uchun ijaraga olish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

“Qirollik klubi” ro‘yxatida uzoq muddatga mo‘ljallangan yana to‘rt futbolchi – Trent Aleksandr-Arnold, Din Xyoysen, Martin Subimendi hamja Ibraima Konate bor.

Manbalarning ma’lum qilishicha, jahon chempionati oldidan “Real”ni etti nafar o‘yinchi – Luka Modrich, Arda Gyuler, Xesus Valexo, Kamavinga, Tchuameni, David Alaba va Rodrigo Goes tark etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!