
"Real" yana kuchayadimi?
Zinedin Zidan yozgi transferlar mavsumi yakunlanishi arafasida “Real”ning transfer siyosatida o‘zgarish bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi.
- Hozir “Real”da men ishlashim kerak bo‘lgan jamoa jamlangan. Rahbariyatdan bundan ko‘prog‘ini so‘ramoqchi emasman. Lekin 5 oktyabrgacha nimalar bo‘lishi mumkinligini hech kim bilmaydi. Menimcha, hozir qo‘l ostimda eng kuchli jamoa bor va men o‘z o‘yinchilarimga to‘liq ishonaman, - dedi Zidan.
Avvalroq, “Real” rahbariyati jamoaga “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogbani olib kelish harakatida ekani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar