
“Real” yana bir katta transferni yakunlash arafasida turibdi
“Real” tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Madridliklar Frantsiya futboli tarbiyalanuvchilarini o‘z safiga qo‘shib olishni an’anaga aylantirmoqda.
“Qirollik klubi” Kilian Mbappeni qo‘lga kiritganidan keyin endi “Lill” himoyachisi Leni Yoroni olishga juda yaqin turibdi.
Mundo Deportivo nashrining ta’kidlashicha, madridlik mutasaddilar 18 yoshli himoyachi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan va uni “Real”ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirib bo‘lgan.
Yoroga Evropaning boshqa grandlaridan ham chorlovlar bo‘lyapti. Biroq iste’dodli o‘yinchi “Real” safiga qo‘shilish ilinjida ularni rad etmoqda.
Yoro o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 44 marotaba maydonga tushdi. Markaziy himoyachi mudofaa chizig‘idagi vazifalarini bajarishdan tashqari, hujumchilarga yordam berib, uchta gol ham urdi.
Fikrlar