“Real” yana bir futbolchiga qiziqyapti

  • 3 oktabr, 2024, 21:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” Dani Karvaxalga ishonch bildirishiga qaramay, o‘ng qanot himoyasi uchun yoshroq futbolchi sotib olmoqchi. Madrid klubi uchun asosiy nomzod “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold bo‘lib turibdi. Uning amaldagi shartnomasi joriy mavsumning oxirida o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli “qirollik klubi” angliyalik fulbekni tekinga o‘z saflariga qo‘shib olishlari mumkin.

Tecno

Lekin “Real” Arnold mersisaydliklar bilan yangi shartnoma tuzishi mumkinligini inobatga olib, yana bir o‘ng qanot himoyachisini kuzatishni boshladi.

Madridliklar “Tottenxem” futbolchisi Pedro Porroni “B” reja sifatida o‘zlarining shortlistlariga qo‘shib qo‘yishdi. Bu haqida CaughtOffside xabar bermoqda. 25 yoshli Pedro 45 millionga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!