“Real” yana bir asosiy himoyachisidan ayrildi

  • 7 oktabr, 2024, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” joriy mavsumda himoya chizig‘ida juda ko‘p muammolarga duch kelmoqda. Madridliklarning himoyachilari tez-tez jarohat orttiryapti.

Tecno

Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Daniel Karvaxal, tizzasidan og‘ir jarohat olib, bir yil muddatga safdan chiqqandi. Endi braziliyalik legioner Eder Militao ham davolanishiga to‘g‘ri kelmoqda.

The Athletic nashri jurnalisti Mario Korteganning yozishicha, Militao Braziliya terma jamoasidan taklif olganidan keyin Lionel Skaloni ixtiyoriga etib kelgan. Himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida chap oyoq son mushaklarida shikastlanish borligi aniqlandi.

Militao endi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan keyin uning jarohati darajasi, davolanish muddati va qachon maydonga qaytishiga aniqlik kiritiladi.

Tajribali futbolchi 11 va 16 okbyart kunlari 2026 yilgi jahon chempionati doirasida Chili va Peruga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
jan reno
07/10/2024 16:16
Скалони Аргентина мурабийию админ. Доризи ичмапсиза бугун.