
"Real" XXI asrda bu ishni uddalagan birinchi jamoa bo‘ldi
"Real" Madrid klubi Ispaniya chempionatida navbatdagi rekordni o‘rnatdi.
Bleacher Report nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kecha "Granada"ga qarshi o‘yinda gol urgan Ferlan Mendi joriy mavsumda “Qirollik klubi”da gol urgan 21-futbolchi bo‘ldi. Bu esa La Liga klublari orasida XXI asrdagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
O‘tgan 20 yil ichida birorta ham La Liga klubida bir mavsumda 20 tadan ortiq futbolchi gol urolmagan edi.
Fikrlar