
“Real” Xoland uchun qancha to‘lashi aniq bo‘ldi
“Manchester Yunayted”da porlayotgan Erling Xoland “Real”ning asosiy transfer nishoniga aylanib bormoqda.
Todofichajes nashrining ta’kidlashicha, 22 yoshli norvegiyalik to‘purarning keyingi jamoasi “Real” bo‘ladi. Madridliklar 35 yoshli Karim Benzema o‘rnini mashhur yulduzlardan biri egallashini istamoqda.
Transfer mutaxassislarining ma’lumotiga ko‘ra, “Qirollik klubi” superto‘purarni olish uchun 200 million evro sarflashiga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, madridliklar bu summani pasaytirishga urinmoqda.
“Manchester Siti” norvegiyalik futbolchini olish uchun “Borussiya”ga o‘tgan yoz 60 million evro to‘lagan edi.
Fikrlar