"Real" Vinisiusni erkin agent sifatida ketishiga yo‘l qo‘ymaydi

  • 27 oktabr, 17:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Mundo Deportivo" nashrining yozishicha, "Real Madrid" rahbariyati Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi tugagach, klubni erkin agent sifatida tark etishiga mutlaqo rozi emas.

Tecno

Agar braziliyalik futbolchi kelasi yozgacha shartnomani uzaytirmasa, "qirollik klubi" uni transfer ro‘yxatiga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Manbaga ko‘ra, rahbariyat Vinisiusning so‘nggi paytlardagi xatti-harakatlaridan mamnun emas va bu omil uning klubdagi kelajagiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu bilan birga, Vinisius yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda kutishni tanlagan — u hatto erkin agent sifatida ketish imkonini ham istisno etmayotgani aytiladi.

Bu esa "Real" uchun qabul qilib bo‘lmas variant hisoblanadi. Hozirgi kelishuv Vinisiusni madridliklar bilan 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha bog‘lab turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!