“Real” Vinisiusdan voz kechishga qaror qildi

  • 26 yanvar, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” asosiy transfer nishoni – Kilian Mbappeni Madridga olib kelganidan keyin jamoa hujumchisi Vinisius Junior xizmatidan voz kechadi. Bu haqda Sport nashri xabar tarqatdi.

Tecno

“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres 25 yoshli frantsiyalik forvardni o‘z jamoasiga olib kelishga intilmoqda. U yangi loyihani aynan Kilian Mbappe atrofida qurmoqchi. Agar bu transfer amalga oshsa, madridliklar Vinisiusni sotib yuboradi.

23 yoshli braziliyalik to‘purarning o‘zi ham ancha oldin agar jamoaga Mbappe keladigan bo‘lsa, Madridni tark etishini aytgan. Chunki bu ikki hujumchi maydonda bitta pozitsiyada o‘ynaydi.

Klub rahbariyati o‘tgan yozda “Borussiya”dan Jud Bellingemni olib kelganidan keyin endi jamoaga ko‘p gol ura oladigan hujumchi kerakligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!