“Real” Vinisius o‘rniga “Barsa” orzu qilayotgan yulduzni olib keladi

  • 5 yanvar, 11:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi Vinisius Junior bilan xayrlashishi mumkin. Braziliyalik futbolchi uchun Saudiya Arabistoni klublari katta summa tikmoqda.

Tecno

Madridliklar o‘z yulduziga munosib o‘rinbosar ham topib qo‘ydi.

El Nacional nashriga ko‘ra, “Qirollik klubi” Vinisius Junior klubdan ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga “Atletik” yulduzi Niko Uilyamsni olib kelmoqchi.

O‘tgan yozda Nikoni “Barselona” olishga harakat qilib ko‘rdi. Biroq ispaniyalik hujumkor futbolchi faoliyatini Bilbaoda davom ettirishni ma’qul topdi va Kataloniyaga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.

Uilyamsning “Atletik” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan va Transfermarkt portali bu o‘yinchini 70 million evroga baholamoqda. “Barselona”dan farqli ravishda “Qirollik klubi”ning moliyaviy imkoniyatlari ancha kengligi bu transferni bemalol amalga oshirish imkonini beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!