
"Real" va boshqa grandlar niderlandiyalik himoyachini olishmoqchi
"Bolonya" markaziy himoyachisi Sem Byokema faoliyatini Evropaning top klublarida davom ettirishi mumkin.
Insayder Janluka Di Martsio xabar berishicha, niderlandiyalik futbolchiga Madriddan "Real" va "Atletiko", Italiyadan "Yuventus" va "Inter" qiziqish bildirmoqda. Klublarning barchasi uni yozgi transferlar oynasida o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.
Sem "Bolonya"da 18 ta o‘yinda maydonga tushib bitta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali 26 yoshli himoyachini 18 milion evroga baholamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar