“Real” uchun o‘ynamayman!

  • 20 iyun, 09:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Sosedad” etakchisi Martin Subimendi bir necha mavsumdan beri Evropaning grand klublari e’tiborini o‘ziga qaratib keladi.

Tecno

Bask millatiga mansub o‘yinchiga da’vogarlar orasida “Real Madrid” ham bor edi. Fichajes nashrining yozishicha, Martin hech qachon “Real”ga o‘tmasligini ta’kidladi.

Futbolchining bu qarori Angliya grandlariga ma’qul keldi. “Arsenal” tarkibini kuchaytirish uchun Subimendi uchun katta xarajat qilishga tayyor.

FutbolFantasy vakillarining ma’lum qilishicha, aslida Subimendining shartnomasida 60 million evrolik badal puli ko‘rsatilgan. Lekin “kanonirlar” bu summaga yana besh million evro qo‘shib berishga rozi. Faqat ular ispan klubidan to‘lovni bir necha qismga bo‘lib to‘lashga ruxsat berishni so‘rayapti.

Londonliklar bosh murabbiyi  Mikel Arteta 26 yoshli hamyurti jamoaga kelib, maydon markazidagi ustunlikni ta’minlashda katta yordam berishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!