“Real” transfer bozorini portlatadi. Nishonda Xoland va Bellingem!

  • 10 mart, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mavsum yakunlanishi bilan katta transferlarni amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.

Tecno

Madridliklar “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni nishonga oldi. Bu haqda

The Independent nashri xabar tarqatmoqda.

Florentino Peres o‘tgan yili Kilian Mbappe qilig‘idan pand egan.  U hamon Karim Benzema o‘rniga superto‘purar qidiryapti.

Xoland “Siti”da o‘zini yaxshi qilmoqda. Lekin klub atrofida yuzaga kelgan moliyaviy firibgarlik bilan bog‘liq muammolar “Real” foydasiga ishlashi mumkin. Madridliklar aynan mana shu vaziyatdan foydalangan holda 22 yoshli hujumchini o‘ziga og‘dirib olmoqchi.

Bundan tashqari, “Real” mutasaddilari “Borussiya” yulduzi Jud Bellingem transferi bo‘yicha ham ish olib bormoqda.

Ta’kidlash joizki, Bellingem va Xoland dortmundliklar safida birga o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!