
"Real” supertransferni amalga oshiradi
“Manchester Siti”ning hujumkor yarim himoyachisi Riyad Mahrez faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniga ega.
Jazoirlik futbolchiga “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Frantsiyalik murabbiy 30 yoshli yarim himoyachi jamoani sezilarli darajada kuchaytira olishiga ishonmoqda.
Shuningdek, “Qirollik klubi” rahbariyati Mahrez yozda jamoani erkin agent sifatida tark etish uchun yangi shartnoma imzolashga shoshilmayotgan Lukas Vaskesga munosib o‘rinbosar bo‘ladi, degan qarorga kelgan.
“Manchester Siti” ham etakchi futbolchisidan ayrilishni istamayapti. 2023 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan Mahrezning transferi 48 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar