
"Real Sosedad" Grizmanning transferidan 24 mln evro ishlab oldi
Xabaringiz bor kecha “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann 120 mln evro evaziga “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu transferning 20 foizi 28 yoshli frantsuzning sobiq jamoasi hisoblangan "Real Sosedad" hisobiga o‘tkaziladi. Aniqrog‘i, “Sosedad” Grizmanning transferida 24 mln evro ishlab oldi.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann 2009-2014 yillarda “Real Sosedad” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng “Atletiko”ga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar