
"Real" so‘nggi 14 yil ichidagi eng yomon ko‘rsatkichini qayd etdi
"Real" himoyachisi Ferlan Mendi La Liga 16-turidan o‘rin olgan "Espanol" (2:0) ga qarshi o‘yinda qizil kartochka bilan jazolandi.
Bu madridliklarning 2019 yildagi 10-qizil kartochkasi bo‘ldi. Bu klubning 2005 yildan buyon qayd etgan eng yomon ko‘rsatkichi bo‘ldi.
Shu qatorda, madridliklar La Liganing joriy mavsumida eng ko‘p qizil kartochka olgan jamoa bo‘lib turipti. Boshqa jamoalarning hech biri 6 tadan ko‘p qizil kartochka olishmadi.
Fikrlar