
“Real”: Sen o‘tmasang, o‘rniga uchtasi keladi!
“Real” navbatdagi ikki transfer oynasi vaqtida himoya chizig‘ini kuchaytirishni mo‘ljal qilgan. Bunga jamoa himoya chizig‘ida yuzaga kelgan muammolar sabab bo‘lmoqda.
Madridliklar kutayotgan eng muhim o‘yinchi Trent Aleksander-Arnold hisoblanadi. Lekin angliyalik futbolchi ayni paytda o‘zi o‘ynayotgan “Liverpul” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarga kirishgan.
Buni inobatga olgan “Qirollik klubi” mutasaddilari Trentning o‘rniga yana uchta variant topib qo‘ydi. Hozircha ular “Liverpul” o‘z himoyachisi bo‘yicha yakuniy qarorga kelishini kutib turibdi.
Agar himoyachi Angliyada qolishni ma’qul ko‘rsa, “Real” zaxira variantini ishga soladi.
Jurnalist Mario Kortexano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida madridliklar ro‘yxatiga Pedro Porro (“Tottenxem”), Jeremi Frimpong(“Bayer”) va Xuanlu Sanches (“Sevilya”) kabi himoyachilar kiritilganini yozdi.
Transfermark portali 25 yoshli Porro 45, 23 yoshli Frimpong 50 va 21 yoshli Xuanlu 15 million evroga baholanishi qayd etilgan.
Fikrlar