
“Real” rahbarlari Zidanning sevimli shogirdini sotib yuboradigan bo‘ldi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ishonchini qozongan Rafael Varan yozda klubni tark etadigan bo‘ldi. Avvalgi transfer bozorida bu himoyachi sotilmasligi e’lon qilinganiga qaramay, madridliklarning fikri o‘zgarib qoldi.
Ma’lumotlarga qaraganda,”Qirollik klubi” frantsiyalik himoyachini “Manchester Yunayted”ga sotib yuborishga rozi bo‘lgan va bu transferdan keladigan mablag‘ni Mbappeni olish uchun sarflaydi.
Madridliklarning bu qarorga kelishiga futbolchining yangi shartnomaga ko‘nmagani ham ta’sir qildi. Varan klubdan tekinga ketib qolmasligi uchun “Real” rahbariyati uni 50-60 million evroga qo‘yib yuboradi.
Fikrlar