
"Real" rahbariyati Anchelottiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotyapti
"Real" rahbariyati bosh murabbiy Karlo Anchelottiga ishonchini yo‘qotmoqda.
"Relevo" nashrining xabariga ko‘ra, Ispaniya superkubogi doirasida "Barselona"da uchralgan mag‘lubiyat va La Ligada peshqadamdan 8 ochko orta borayotgani sababli Anchelottining "qirollik klubi"dagi mavqei zaiflashdi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi natija murabbiy uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Anchelotti rahbariyatning unga bo‘lgan munosabati o‘zgarganini sezib turibdi. Shu sababli xato qilishga haqqi yo‘q.
Karlo qishki transfer vaqtida futbolchi xarid qilinmaganidan mamnunligini aytgan bo‘lsada, murabbiy 6ta musobaqada 15-16ta futbolchi bilan ishtirok etishga majbur bo‘lyapti. Xususan, mutaxassis Karim Benzemaning o‘rniga hujumchi olib kelishni xohlagan, ammo klub bu so‘rovni amalga oshirmadi.
"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida Misrning "Al-Ahli" jamoasiga qarshi maydonga tushadi
Fikrlar