
“Real” Pogbaga haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan shart qo‘ydi
“Real” rahbariyati “Manchester Yunayted”dan ketishi kutilayotgan Pol Pogbaga jamoadan joy berishga qaror qildi.
Biroq “Qirollik” klubi frantsiyalik futbolchi uchun xarajat qilmoqchi emas. Agar Pogba erkin agent sifatida keladigan bo‘lsa, u bilan hamkorlik o‘rnatilishi mumkin.
Chunki madridliklar asosiy e’tiborini yosh futbolchilarni olishga qaratadi. Ular anchadan buyon klubga PSJ hujumchisi Klian Mbappe va “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani olib kelish ustida ishlamoqda.
Yozgi transferlar vaqtida asosiy xarajatlar mana shu ikki futbolchi transferi uchun yo‘naltiriladi.
Fikrlar