“Real” narxi birdan oshib ketgan futbolchini ortga qaytaradigan bo‘ldi

  • 17 fevral, 11:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati klub tizimida tarbiyalangan biroq asosiy tarkibga kira olmagan yarim himoyachi Nikolas Pasni Italiyaning “Komo” jamoasiga 6 million evroga sotib yuborgan edi.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari endi 20 yoshli argentinalik futbolchini ortga qaytarish haqida bosh qotirmoqda.

Gap shundaki, A Seriyada Nikoning o‘yini ochilib ketdi. “Komo” safida muntazam maydonga tushib, 23 ta uchrashuvda qatnashgan futbolchi raqiblar darvozasiga oltita to‘p kiritib, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.

Madridliklar futbolchi bo‘yicha “Komo” bilan muzokara olib borgan pallada shartnomaga uni 9 million evroga qayta sotib olish bo‘yicha band kiritgan. Endi “Real”ni mana shu huquqdan foydalanib, Pasni Madridga qaytarmoqchi.

Niko Pas ayni paytda Transfermarkt ekspertlari tomonidan 20 million evroga baholanmoqda va uning narxi ko‘tarilishda davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!