"Real" Nachodan uzoq muddatga ayrildi
"Real" himoyachisi Nacho Fernandes jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda Cope nashri muxbiri Migel Anxel Dias xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi La Liganing 7-turida "Barselona"ga (3:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan. Shifokorlar uning tiklanishiga taxminan 1 oy vaqt ketishini aytmoqda. Shu tariqa, u EChL guruh bosqichidan o‘rin olgan "Borussiya M" hamda "Inter", La Liga doirasida "Ueska" va "Valensiya" jamoalariga qarshi bellashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
30 yoshli Nacho “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u 203 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar