
“Real” muxlislariga yaxshi yangilik: Angliya yulduzi Madridga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi
“Real” yozgi transferlar davrida asosiy nishon sifatida “Liverpul” o‘ng qanot hujumchisi Trent Aleksander-Arnoldni tanlagan edi.
Angliyalik futbolchining “qizillar” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanishi bois, madridliklarda qimmatbaho o‘yinchini bepul olish imkoni bor.
“Liverpul” o‘z o‘yinchisini saqlab qolish uchun yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Biroq jurnalist Ramon Alvares de Monning ma’lum qilishicha, 25 yoshli himoyachi “Qirollik klubi” bilan hamkorlik borasida kelishib olgan.
Trent yozda Madridga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan. “Real” himoya chizig‘ida muammolarga duch kelgani tufayli bu transferni yanvarda amalga oshirishga ham qarshi emas.
Buning uchun madridliklar “Liverpul”ga badal puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 2016 yildan beri “Liverpul” asosiy tarkibida o‘ynab kelayotgan Aleksander-Arnold 70 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar