
"Real" Mendini qanchaga sotishi ma’lum
Fichajes nashrining xabar berishicha, "Real" rahbariyati jamoadan ketmoqchi bo‘lib yurgan himoyachi Ferland Mendini 60 million evrodan kamiga sotmaydi.
27 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga da’vogarlar talaygina. "Arsenal", "Manchester Siti" va "Nyukasl" shular jumlasidan. Endi ular orasida qaysi biri Frantsiya terma jamoasi futbolchisi uchun “qirollik klubi” so‘rayotgan mablag‘ni to‘lashga tayyor bo‘lsa, futbolchi o‘shaniki bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Mendi 2019 yildan beri Madrid klubida o‘ynab kelmoqda. U bundan avval “Lion” va “Gavr” klublarida to‘p surgan.
Ferlan joriy mavsum La Ligada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar