
“Real” Mbappe transferiga munosabat bildirdi
“Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappe transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtida PSJ bilan 24 yoshli hujumchi transferi bo‘yicha muzokara qilmaydigan bo‘ldi. Bunga ikki omil sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Mbappening maoshi kattaligi bu transferga birinchi to‘siq hisoblanadi. “Real” moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzib qo‘yishi mumkin.
Bundan tashqari, madridliklar PSJga transfer uchun katta miqdordagi badal pulini to‘lashni istamayapti. Bu summa 150 milliondan 240 million evrogacha bo‘lishi kutilyapti.
“Real” o‘z qarorini 2024 yilda o‘zgartirishi mumkin. Buning uchun Kilian shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganida Parijdan ketish masalasini hal qilishi kerak.
Qolaversa, “Real” rahbariyati ayni paytda Vinisius Juniorni Kilian Mbappedan ustun, deb hisoblamoqda va bor e’tiborini braziliyalik futbolchiga qaratmoqchi.
Fikrlar