“Real” mashhur o‘yinchisidan voz kechadigan bo‘ldi
Madridning “Real” klubi frantsiyalik legioner Eduardo Kamavingani sotib yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda. “Qirollik klubi” mutasaddilari futbolchining tez-tez jarohat olishi sababli undan voz kechishga tayyor.
Biroq, “Real” 23 yoshli yarim himoyachini olmoqchi bo‘lgan xaridorlar 100 million evrodan boshlangan taklif bilan kelsa, bu masala ko‘rib chiqiladi.
Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, joriy mavsum davomida frantsiyadik yulduz sog‘liq bilan bog‘liq muammolari ortda qolganini isbotlab berishi lozim. Agar bu o‘yinchi sotib yuborilsa, uning transferidan keladigan mablag‘ maydon markaziga boshqa ijrochilarni olib kelishga yo‘naltiriladi.
Ta’kidlash joizki, Kamavinga 2025 yilning avgust oyidan beri to‘pig‘idagi muammolar sababli 48 kun davomida jamoaga yordam bergani yo‘q.
Joriy mavsumda Kamavinga barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.



Fikrlar