"Real" Martines uchun 111 mln evro to‘lashga tayyor

  • 14 fevral, 2020, 00:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid klubi “Inter” forvardi Lautaro Martines uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda TyC Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 22 yoshli argentinalik futbolchini shartnomasida belgilangan 111 mln evrolik tovon puli evaziga bo‘lsa ham sotib olishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, unga “Real”ning ashaddiy raqibi “Barselona” ham jiddiy xaridor bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Martines joriy mavsum “Inter” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!