"Real" "Manchester Yunayted" himoyachisini xarid qilmoqchi

  • 23 oktabr, 2022, 16:01
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” “Manchester Yunayted” himoyachisi Diogo Dalotga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Sky Sports" nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi "Manchester Siti"dan Joau Kanseluni sotib olishdan umidini uzdi, shu bois, 23 yoshli portugaliyalik futbolchini sotib olish borasida muzokara boshlash arafasida.

Avvalroq, matbuot Dalot nomini "Barselona" bilan bog‘lagan edi, ammo "Manchester Yunayted" o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.

Portugaliyaliklar va mankunianliklar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv kelasi yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali himoyachini 28 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Dalot “qizil iblislar” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!