
“Real” Madridda “Valensiya”ga 47 marotaba gol urdi
Basketbol bo‘yicha Evropa ligasi chempionatida 13-tur bahslari o‘tkazilmoqda.
Unda Ispaniyaning “Real Madrid” va “Valensiya” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Madrid shahrida o‘tgan ushbu o‘yinda “Real” azaliy raqibi ustidan qiyinchilik bilan 47:44 hisobida g‘alaba qozondi.
Turkiyada “Fenerbaxche” Serbiyaning “Tsrvena Zvezda” klubini 82:56 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Jalgiris” (Litva) va “Bamberg” (Germaniya) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 88:84 hisobida yakunlandi.
Gretsiyaning “Panatinaikos” jamoasi o‘z maydonida Isroilning “Makkabi FOX” klubidan 85:70 hisobida ustun keldi.
Chempionatda bugun “BK Ximki” (Rossiya) – “Anadolu Efes” (Turkiya) “Olimpiakos” (Gretsiya) – “TsSKA” (Rossiya), “EA7 Milan” (Italiya) – “Baskoniya” (Ispaniya), “Barselona” (Ispaniya) – “Unikaxa” (Ispaniya) jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar