
"Real Madrid" tarix yaratishda davom etmoqda! 500-o‘yin, pley-off seriyasi va yulduzlar rekordi
Xabaringiz bor, tunda UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichining dastlabki bellashuvida Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real" "Atletiko"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuv davomidan so‘ng jamoa va bir necha futbolchilar o‘ziga xos rekordlar qayd etishdi. Mazkur muhim statistikalar bilan to‘liq tanishing.
"Real Madrid" Chempionlar ligasidagi 500-uchrashuvini o‘tkazdi. (G‘alaba - 312, Durang - 85, Mag‘lubiyat - 113). "Real" turnir tarixida bu ko‘rsatkichga erishgan birinchi jamoa bo‘ldi.
Saralash o‘yinlarini hisobga olmaganda, madridliklar 300-o‘yinda g‘alaba qozongan, bu ikkinchi o‘rindagi "Bavariya"dan 63 ta ko‘p.
"Real Madrid" Chempionlar oigasi pley-off bosqichidagi so‘nggi 18 o‘yinining atigi 1 tasida mag‘lub bo‘ldi (12 g‘alaba, 5 durang).
Rodrigoning goli madridliklar uchun "Atletiko"ga qarshi uy uchrashuvida so‘nggi 19 yil ichida barcha musobaqalardagi eng tezkor gol bo‘ldi (3 daqiqa 25 soniya). Oldin 2006-yil mart oyida Kassano "matraschilar"ga gol urgandi (3 daqiqa 5 soniya)
Rodrigo Chempionlar ligasi tarixida 25 ta gol urgan eng yosh beshinchi futbolchi bo‘ldi (24 yoshu 54 kun). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni Xoland (22 yoshu 47 kun), ikkinchi o‘rinni Mbappe (22 yoshu 80 kun), uchinchi o‘rinni Messi (22 yoshu 286 kun), to‘rtinchi o‘rinni Raul (23 yoshu 252 kun) egallab turibdi.
Braim 21-asrda 3 xil turnirda "Atletiko"ga gol urgan beshinchi madridlik futbolchi. Ilgari bu muvaffaqiyatga Ramos, Ronaldu, Benzema va Rodrigolar erishgan.
Mendi ketma-ket 2 uchrashuvda golli uzatmani amalga oshirdi. Ushbu uchrashuvlarga qadar frantsuz madridliklar safida 80 ta o‘yindan buyon golli uzatma bermayotgan edi.
Valverde "Real Madrid" safidagi 300-uchrashuvini o‘tkazdi.
Fikrlar