"Real Madrid" sobiq futbolchisi: "Irqchilikka qarshi odinroq kurashmaganimdan afsusdaman"

  • 22 oktabr, 2024, 12:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya milliy terma jamoasi va "Real Madrid" klubining sobiq futbolchisi Fernando Morentes faoliyati davomida irqchilikka qarshi kurashmaganidan afsusda ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tecno

"Ba’zi insonlar bu holat uchun kechirim so‘rash g‘alati ekanligini aytishadi. Lekin ba’zi paytlarda men aynan kechirim so‘rashim kerakligini his qilaman. Garchi echinish xonasida o‘z-o‘zidan irqchilik bo‘lmasa-da, biz La-Liga bilan birga maydondan tashqarida sodir bo‘lgan ko‘p narsalarni normallashtira oldik.

Men Zeedorf, Makelele va Roberto Karloslar  bilan birga o‘ynaganman. Stadionlarda ularni haqorat qilishardi. Lekin biz o‘gsha davrda hech narsa qila olmadik. Biz hatto o‘sha haqorat qilayotganlar bilan qo‘shilib, ularni ustidan kuldik.

Ammo endi vaziyat o‘zgardi. Normal qarashlarga ega jamiyat paydo bo‘ldi. Bu illatga qarshi munosib kurashdik. Hozir esa, yanada yakdil fikrda bo‘lishimiz darkor
",  - dedi Fernando Morentes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!