
"Real" Karvaxalga o‘rinbosar topdi
"Sporting" himoyachisi Pedro Porro "Real"ning qiziqishlari doirasiga tushdi, deb xabar berdi "A Bola" nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, ispan klubi Porroni 30 yoshli Dani Karvaxalga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli ispaniyalik futbolchi “Sporting” bilan shartnoma imzoladi va Portugaliya jamoasi safida 13 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar