"Real" Kante uchun ikki barobar ko‘proq pul to‘lashga tayyor

  • 12 sentabr, 2019, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hamon "Chelsi" xavbeki Ngolo Kanteni qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.

Tecno

Defensa Central nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” frantsiyalik futbolchining transferi masalasida “aristokratlar” bilan kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra agar londonliklar Kanteni sotishmoqchi bo‘lishsa, dastlab “Real”ga xabar berishadi. Bundan tashqari madridliklar Kante uchun “Chelsi”ga boshqalar aytayotgan narxdan 2 barobar ko‘proq to‘lashga tayyorligini ham bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Kanteni yaqindagina yopilgan yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirgan edi. Biroq, “Chelsi” uni qo‘yib yuborishni xohlamadi.

Ma’lumot uchun, Kantening “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!