
"Real" himoyachisi yana jarohat oldi!
Madridning "Real" klubi himoyachisi David Alaba navbatdagi jarohatni qayd etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman xabar berdi:
"Davidning chap oyog‘idagi mushakda shikastlanish aniqlandi. Hozircha holat rivojini kuzatyapmiz", — deyiladi klub bayonotida.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, avstriyalik futbolchi yangi jarohat tufayli taxminan bir oy "qirollik klubi"ga yordam bera olmaydi
Eslatib o‘tamiz, Alaba 2024 yilning barcha qismini tizza jarohati sabab o‘tkazib yuborgan edi. Faqat 2025 yildagi tiklanishdan so‘ng 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo hech qanday gol yoki pas bilan ajrala olmagan.
Fikrlar