
“Real” futbolchisining narxini bir milliard evroga ko‘taradi
“Real” rahbariyati mavsumni yuqori darajada o‘tkazayotgan hujumchi Vinisius Juniorga yangi bitim taklif qiladigan bo‘ldi.
Manbalarning xabar berishicha, “Qirollik klubi” braziliyalik futbolchiga olti yillik shartnoma beradi. 2028 yilning yarmigacha davom etadigan hamkorlikka ko‘ra, Vinisius yiliga 5,5 million evro va unga qo‘shimcha tarzda turli bonuslar oladi.
Shuningdek, shartnomaga Vinisiusning transferi bir milliard evroga baholangan band ham kiritiladi.
Juniorning amaldagi kelishuvi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan va hujumchi 3,5 million evro maoshga o‘ynamoqda. Uning xaridorlari ko‘payib borayotganini inobatga olgan klub mutasaddilari futbolchini ushlab qolish uchun hamkorlikni uzaytirib qo‘ymoqchi.
Vinisius joriy mavsumda jami 15 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini to‘qqiz marotaba ishg‘ol qildi va ettita golli pas oshirdi.
Fikrlar