“Real” futbolchisiga narx belgiladi

  • 29 noyabr, 2024, 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Fran Garsiya 2023 yili “Real”ning asosiy jamoasiga qabul qilinganida dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisiga aylanishi kutilgandi.

Tecno

Aslida “Kastilya” tarbiyalanuvchisi hisoblangan ispan futbolchisi orada ikki marotaba “Rayo Valekano” klubida tajriba oshirib keldi.

Madridliklar uning yoshi, jismoniy qobiliyati, himoyalanishdan tashqari hujum uyushtirish imkoniyatlarini yuqori baholab, asosiy jamoaga jalb qilgandi.  Biroq Fran Garsiya o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi.

EstadioDeportivo nashrining yozishicha, “Real” bu himoyachi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Fran Gasiya Madridga qaytganidan beri 30 dan ortiq uchrashuvda ishtirok etdi, biroq uning harakatlari Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabiga yoqmadi.

Endi madridliklar undan tezroq qutilmoqchi. Manbaga ko‘ra, futbolchiga 15-20 million evro narx belgilangan va shu summani taklif qilgan klub, Fran Garsiyani o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!